Shuningdek qarang
ATR va CCI indikatorlari asosida yaratilgan SuperTrend trend indikatori trend harakatini yo'nalishining ajoyib ko'rsatkichidir, u qonun-qoidalari trendga amal qilishga tayanuvchi savdo tizimining asosi sifatida qo'llanishi mumkin.
UpperLevel=(High[i]+Low[i])/2+Multiplier*Atr(Period);
LowerLevel=(High[i]+Low[i])/2-Multiplier*Atr(Period);
SuperTrend kompyuter indikatori ikki indikator — ATR va CCI ga asoslangan. CCI (standart parametri 50) trend harakatining yo'nalishi ko'rsatadi, ATR esa indikator darajalarini hisob-kitob qilishida foydalaniladi. Agar CCI 0 darajadan yuqoriga ko'rtarilsa, u holda SuperTrend yoki o'sadi, yoki gorizontal uchastkani chizadi (ATR ga bog'liq holda). Agar CCI manfiy qiymatlar qabul qilsa, u holda ATR ni hisobga olgan holda SuperTrend indikatori pastga tushadi.
Mazkur indikatordan foydalanishning imkoni bo'ladigan usullaridan biri SuperTrend indikatorining rangi almashishini hisobga olgan holda tuzatish kiritgandan so'ng bozorga kirish hisoblanadi: agar indikator rangi qizildan yashilga almashgan bo'lsa (bu holat trendning pastga qarab tushishdan yuqori tomon ko'tarilishga almashgandan dalolat beradi), u holda birinchi pastga tushuvchi tuzatishni kutish va undan xarid qilishga bitim ochish zarur. Indiktor rangi yashildan qizilga almashgan holda shunga o'xshash tarzda (ammo aktivni sotish maqsadida) ish tutish zarur bo'ladi: birinchi ko'tariluvchi tuzatishni kutib turish va endi undan sotishni amalga oshirish zarur.
Shuningdek ta'kidlash zarurki, SuperTrend metatreyderi uchun indikator qarshilik ko'rsatish/qo'llab quvvatlashni topishning qisqa muddatli sohalarini topishni ko'rsatadi. Biroq savdoda mazkur omildan hatto, mazkur xossa zarur bo'lgan holda ham ehtiyotliik bilan foydalanish kerak, bunday turdagi yanada aniq indikator Ishimoku indikatorining Tenkan va Kijun chiziqlari bo'ladi.
TrendCCI_Period = 50