Shuningdek qarang
Yapon shamlari "Yopishgan sendvich" modeli – buqa burilish modeli, tasdiqlashni nazarda turadi.
Grafikda modelni paydo bo`lishi orasida oq sham bo`lgan ikkita qora shamning shakllanishi bilan belgilanadi. Bunda ikkita qora tananing yopilish narxlari bir xil bo`lishi kerak. Qo`llab-quvvatlash darajasi aniqlangan, burilish ehtimolligi yuqori.
1. Pasayuvchi trenda qora shamdan keyin savdo qora tananing yopilish narxidan yuqorida olib borilishida oq sham keladi.
2. Uchinchi sham qora ranga bo`ladi, uning yopilish narxi esa birinchi qora kunning yopilish narxiga teng bo`ladi.
Bozorda barqaror pasayuvchi trend kuzatiladi. Keyingi kunga ochilish narxi balandroq bo`ladi, narxlar butun kun davomida yuqoriga yuradi va maksimumda yoki unga yaqinroq yopiladi. Narxlarning bunday dinamikasi ehtimol avvalgi pasayuvchi trend burilgani to`g`risida gapiradi, qisqa pozitsiyalarni stop-order bilan himoya qilish yoki yopish kerak. Keyingi kunga narxlar yana balandroqda ochiladi, yopilishlar to`lqini keladi, lekin bundan so`ng ikki kun avvalgi darajada yopilish uchun narxlar pasayadi.
Agar qo`llab-quvvatlash va qarshilik ko`rsatish darajalari e`tiborga olinmasa, unda katta xavfga kelib qolish mumkin. Vaziyatga keyingi savdo kuni oydinlik kiritadi.
Treyding bo`yicha yapon qo`llanmalarida ikkita qora kunlarni qo`llab-quvvatlash darajasi sifatida minimal narxlar ajratiladi. Yopilish narxlaridan foydalanib biz ishonchliroq qo`llab-quvvatlash darajasini olamiz, bu esa trendning burilishiga yaxshiroq imkoniyatlarni bildiradi.
Agar birinchi qora sham uchinchi kun savdo diapazonidan sezilarli darajada kichik bo`lsa, unda "Yopishgan sendvich" "Teskari o`girilgan bolg`acha"ga o`tadi. Agar birinchi kunning tanasi kichik bo`lsa, uchinchi kunning narxlar diapazoni birinchi kun diapazonidan ikki yoki uch marta katta bo`lsa, unda model buqa modeli "Teskari o`girilgan bog`acha"ga almashinadi.
Agar bu shartlar bajarilmasa, unda "Yopishgan sendvich" qora svechaga keltiriladi, va u ayiq modeli sifatida qaraladi, va natijada model tasdiqlanishni talab qiladi.
Ko`proq hollarda oxirgi ikki kunda modellar ayiq yutilish modeliga o`xshaydi. Shuni ta`qidlash muhimki, trendni hisobga olmagan holda ayiq sham modelidan ko`ra qo`llab-quvvatlash darajalarini ko`rish ayrim hollarda yaxshiroq bo`ladi.